Hisor davlat qo'rixxonasi

Introducing

“Hisor” davlat qo‘riqxonasi davlat tabiatni muhofaza qilish ilmiy-tadqiqot muassasasi

Qo‘riqxona Pomir-Hisor to‘g‘ tizmasining janubiy-g‘arbiy tizmalari – Oloy tog‘ tizmasining o‘rta va baland tog‘ zonasida joylashgan. Dengiz sathidan 1800-4421 metr balandlikdagi Oqsuv, Tanxozdaryo va Qizilsuv daryolarining havzalarida, Qashqadaryo viloyatining Shahrisabz,  Yakkabog‘ va Qamashi tumanlari hududida joylashgan bo‘lib, sharqdan Tojikiston va janubi-sharqdan Surxondaryo viloyati bilan chegaradosh.

Umumiy maydoni 80 986,1 gektar bo‘lib, qo‘riqlanma (bufer) hududi
13 231,1 gektarni tashkil etadi.

Qo‘riqxonada xorijiy va mahalliy sayyohlarni o‘ziga rom etadigan ekoturizm maskanlari va bir qancha madaniy meros obyektlari mavjud.

Tabiiy sharoiti: Tog‘ yotqiziqlari ichida paleozoy jinslari ko‘p uchraydi. Cho‘qqilarining balandligi 2500 m.dan 4421 m.gacha. Jumladan, Xo‘ja-kirshavor - 4303 m., To‘rtqo‘ylik - 4366 m., Hazrati Sulton tog‘i - 4367 m., Bibi-O‘lmas tog‘i – 4487 m.

Abadiy muzliklar mavjud bo‘lgan ushbu cho‘qqilardan To‘palangdaryo
va Oqsuvdaryolari boshlanadi. Botirboy muzligi maydoni 1600 ga.

Qo‘riqxona hududidagi aksariyat daryolar ulkan cho‘qqilar tepasidagi 3155 ga. maydonni tashkil qiluvchi Seversev hamda Botirboy muzliklaridan boshlanadi. Qo‘riqxonadagi eng yirik daryolar bu - Oqsuv, Tanxoz va Qizildaryolardir. Ularnining o‘zanlarida katta-kichik sharsharalar mavjud. Hududdagi eng baland sharshara “Suvtushar sharsharasi” bo‘lib, uning balandligi 84 m., respublikamiz hududidagi eng baland sharsharalardan biridir.

 “Hisor” ko‘riqxonasi hududida katta-kichik 10 ga yaqin ko‘llar mavjud.

Florasi: “Hisor” davlat qo‘riqxonasi o‘simliklar dunyosida 71 oila, 457 turkumga mansub 1298 tur aniqlangan.

Faunasi: “Hisor” davlat qo‘riqxonasi hududida umurtqali xayvonlarning 276 turi uchrashi  aniqlangan. Shu jumladan, sut emizuvchilar sinfi 32 tur (Qor qoploni, Qo‘ng‘ir ayiq, Turkiston silovsini, O‘rta Osiyo qunduzi, Qizil sug‘ur, Yovvoyi cho‘chqa, Sibir tog‘ echkisi, Jayra, Tog‘ suvsari, Latcha,  Bursik va boshqalar), qushlar sinfi  225 tur, sudralib yuruvchilar sinfi 17 tur, suvda va quruqlikda yashovchilar sinfi 2 tur, TMXI “Qizil ro‘yxati va O‘zbekiston Respublikasi “Qizil kitobi”ga kiritilgan noyob hayvon va qushlar 17 turni tashkil etadi.

Ekoturizm maskanlari: Qo‘riqxona xududidagi 2000 ga yer maydonlari (Hazrati Sulton platosi”, “Suvtushar sharsharasi”, “Dinozavr izlari” va “Amir Temur g‘ori” obyektlari) qo‘riqlanma zonalaridir.

Qo‘riqxonaning G‘yelon bo‘limi qo‘riqlanma (bufer) hududida joylashgan “Hazrati Sulton platosi”da ziyorat turizmi uchun xizmatlar va obyektlar (kempinglar, o‘tovlar, dam olish, ovqatlanish, selfi olish nuqtalari, ekomarshrutlar ishlab chiqish va marshrutlarni ekoturistik maqsadlarda jihozlash yaʼni to‘xtash joylari va xok.) ni qurish ishlari amalga oshirilmoqda.

Qo‘riqxonaning Miraki bo‘limi qo‘riqlanma (bufer) hududidagi  “Suvtushar” sharsharasi atrofida ekoturizm maskani barpo etildi.

Qo‘riqxona hududiga tutash joylarda yirik aholi punktlaridan Tojikiston Respublikasining Panjakent viloyati, Surxondaryo viloyati Uzun, Sariosiyo tumanlari,  Shahrisabz tumanining Ko‘l, G‘yelon, Sarchashma, Hisorak, Tamshush, Suvtushar, Sayyod, Boshqob, Ommog‘on, Xitoy, Almati qishlog‘i va boshqalar joylashgan.

Qo‘riqxona atrofiga yaqin mehmonxona mavjud emas. Shahrisabz tumaning G‘yelon qishlog‘ida zamonaviy mehmon uylari mavjud.

 Qo‘riqxona viloyat markazi Qarshidan 170-200 km masofada joylashgan.

Manzil: O‘zbekiston Respublikasi, Qashqadaryo viloyati, Shaxrisabz shahri, Ipak yo‘li ko‘chasi 140 uy 

Visit fee

Ish kunlari soat 12:00 dan 20:00 gacha (qishda 17:00 gacha) Dam olish va bayram kunlari soat 09:00 dan 21:00 gacha (qishda 17:00 gacha)

Visit time

No places

Latest news View more